Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fermerlar maktabi loyihasi meva berishni boshladi (video)

Fermerlar maktabi loyihasi meva berishni boshladi (video)

Energetika sohasida qilinayotgan islohotlar, tibbiyotdagi o‘zgarishlar, ta’lim borasidagi yangi loyihalar, qishloq xo‘jaligiga doir qonunlar mamlakat rivojlanish indeksini oshirib yuboradi. Chunki bu sohalarning barchasining tubida tadbirkorlik yotadi.

Tadbirkor bu ishbilarmondir. U ehtiyojni aniqlaydi va uni qondirish uchun yechim izlaydi. Soliqlarning kamaytirilishi, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun turli byurokratik to‘siqlarning yo‘qotilishi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni erkin yuritish uchun zamin yaratadi.

Hatto davlatimiz rahbari ham 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazishi kutilmoqda. Bu suhbatda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar va tadbirkorlik faoliyatini yana keng tatbiq qilish bo‘yicha talab va takliflar o‘rganib chiqilishi kutilmoqda.

Tadbirkorlik borasida har birimizning o‘z fikrimiz mavjud. Fermerlar maktabi loyihasi bilan avvaldan yaxshi tanishsiz. Ushbu loyihada tahsil olgan o‘quvchilarning mehnati bugungi kunda o‘z mevasini bermoqda. Quyidagi video orqali tomosha qiling.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring