«Floyd ishi» bo‘yicha ayblanayotgan sobiq politsiyachi Derek Chaven 40 yilgacha qamalishi mumkin

Sobiq politsiyachi Derek Chavenga o‘ldirilgan afroamerikalik Jorj Floyd ishi bo‘yicha qo‘yilgan ayblov og‘irlashtirildi.
Xabar berishlaricha, endi uni ikkinchi darajali qotillikda ayblashyapti. Minnesota mahalliy qonunlariga ko‘ra, u, aybdor deb topilsa, 40 yilgacha qamalishi mumkin, deb yozmoqda CNN.
Eslatib o‘tamiz, qo‘lga olish chog‘i yuztuban yotgan Floydning bo‘ynini aynan Chaven oyog‘i bilan bosib turgan, keyinchalik Floyd kasalxonaning jonlantirish bo‘limida olamdan o‘tgan edi. Voqea videosi internetda tarqagach, AQShning ko‘plab shaharlarida ommaviy tartibsizliklar yuzaga keldi.
Minneapolis meri va politsiya boshlig‘i afroamerikalikning o‘limini hech qanaqasiga oqlab bo‘lmasligini ta’kidlab, bu irqiy kamsitish oqibatida yuz bergan qotillik deyishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter