Fohishalikka yuborilayotgan ayollar to‘xtatib qolindi
Joriy yilning 9 may kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir natijasida Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 34 yoshli U.Z. va uning Aziza ismli jinoiy sherigi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berib o‘tdi.
U. Z. jinoiy sherigi Aziza bilan til biriktirib, o‘zi oldindan tayyorlab qo‘ygan viza va chipta asosida Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 31 yoshli A.R. hamda Angren shahrida yashovchi 21 yoshli S.M.larni «G‘ishtko‘prik» chegara posti orqali Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tib, u yerdan Turkiyaning Istambul shahriga shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun jo‘natib yuborishni maqsad qilgan edi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter