Charli Kirkning qotilini topgan 100 ming dollar oladi

FQB Charli Kirkni o‘ldirishga aloqador shaxsni tutishda yordam beruvchi ma’lumot uchun 100 ming dollar mukofot e’lon qildi.
Federal qidiruv byurosi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ehtimoliy qotilning suratini ham ilova qildi.
Associated Press maxsus xizmat vakiliga asoslanib xabar berishicha, qotil mergan katta ehtimol bilan «talaba yoshi»da bo‘lgan va universitet hududida «olomonga qo‘shilib ketgan».
O‘q uzilgan joy yaqinida 30-kalibrli Mauser vintovkasi sochiqqa o‘ralgan holda topilgan. Kirkni o‘ldirishda shu qurol ishlatilgani taxmin qilinmoqda. AP yozishicha, qurolning o‘qdonida otilgan gilza, magazinida uchta patron bo‘lgan.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter