Fransiya prezidentligiga nomzodini qo‘ygan shaxs hujumga uchradi

Fransiya prezidentligiga nomzod va jurnalist Erik Zemmur Parijning Vilpent chekkasida o‘zining birinchi saylovoldi mitingida hujumga uchradi. Bu haqda Closer nashri ma’lum qilmoqda.
Zemmur qo‘riqchilar va jurnalistlar hamrohligida minbarga ko‘tarilayotgan vaqtda tomoshabinlar guruhi orasidan yugurib chiqqan erkak unga hujum qilgan. U qo‘llari bilan nomzodning boshidan tutib, uni yerga yiqitishga urindi. Xavfsizlik agentlari hujumchini tezda zararsizlantirib, nomzodga nutqini boshlashiga imkon berishgan. Jinoyatchi qasddan zo‘ravonlik qilgani uchun qamoqqa olingan.
Prezidentlikka nomzod o‘z bayonotlari tufayli ilgari ham bir necha bor xotin-qizlar noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Ayrim muxoliflar uni «irqchilik va fashizmda» ayblagan.
Shuningdek, Zemmur nutqi chog‘ida irqchilikka qarshi kurashayotgan faollarga hujum qilgani haqida ham ta’kidlab o‘tilgan.
Avvalroq Eurexpo ko‘rgazmasiga tashrifi chog‘ida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga qarata tashrif buyurganlardan biri tuxum uloqtirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter