Fransiyada o‘quvchilar isyoni to‘xtamayapti
Sen-Deni, Parij yaqini. Yuqori sinf o‘quvchilari isyoni, 2026-yil 1-oktyabr.
Fransiyada maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari boshlab bergan norozilik namoyishlari ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi.
Parij yaqinidagi Kretey litseyida bir hafta avval boshlangan namoyish butun mamlakat yuqori sinf o‘quvchilarini oyoqqa turg‘izdi. Tartibsizliklar 1000 dan ortiq litseyni yoki barcha yuqori sinf maktablarining to‘rtdan bir qismini qamrab oldi.
Maktab o‘quvchilari ko‘proq o‘qituvchilar ajratilishini, moliyalashtirishni va o‘qish uchun sharoitlarni yaxshilashni talab qilishmoqda.
Ammo litseylarni vayron qilayotgan, mashinalar va binolarga o‘t qo‘yayotgan, xavfsizlik kuchlariga tosh uloqtirib, pedagoglarni kaltaklayotganlar ham shu o‘smirlar. Hozirgacha maktablarning 65 xodimi, jumladan 40 nafar direktor jarohatlangani haqida xabarlar bor.
Turli ma’lumotlarga ko‘ra, hafta davomida 5 mingga yaqin isyonchi qo‘lga olingan, 400 ga yaqin litsey yopilgan.
Fransiya ortidan o‘quvchilar ishtirokidagi tartibsizliklar Belgiyada ham boshlanib ketdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter