Fransiyada parashyutchilar samolyoti qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
Germaniyada ro‘yxatdan o‘tgan «Pilatus» samolyoti bugun mahalliy vaqt bilan soat 11 lar atrofida Fransiyaning Nansi shahri yaqinida halokatga uchradi. Bu haqda L'Est Républicain xabar berdi.
Samolyotda uchuvchi, besh nafar yo‘riqchi (instruktor) va besh nafar o‘rganuvchi bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘ldi.
Xabar qilinishicha, samolyot qulayotgan vaqtda uch kishi undan tushib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu bortdan parashyut bilan sakrash uchun foydalanilgan, biroq bu safar u guruhni tanishuv parvozi uchun olib ketayotgan bo‘lgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter