Fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi

Joriy yil 10-iyul kuni «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
Qonunga ko‘ra, shaxslarning yashashi uchun uy-joy maydonini beruvchi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etish huquqiga ega shaxs ushbu shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Joylashtirish vositalarida turgan shaxslarni turgan joyi bo‘yicha xabardor qilish tartibida ro‘yxatdan o‘tkazish mas’ul xodimlar tomonidan «E-mehmon» tizimi orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonning xorijda doimiy yashovchi fuqarolari O‘zbekistonga kirgan kundan 10 ish kunidan kechiktirmay yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi shart.
O‘zbekiston fuqarolarini yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagilarda amalga oshiriladi:
- ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida;
- davlat xizmatlari markazlarida;
- YaIDXP (my.gov.uz) orqali.
Yashash joyi va turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish talab qilinadi.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter