Futbol bo‘yicha jahon chempioni Paolo Rossi vafot etdi

Italiyalik taniqli sobiq futbolchi, jahon chempioni Paolo Rossi 64 yoshida vafot etdi. Bu haqda «La Gazzetta dello Sport» xabar berdi.
Gazeta Rossining tuzalmas dard bilan kurashib kelganini yozgan.
Paolo Rossi «Yuventus» va «Milan»da porlagan. Italiya 1982-yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqishida Rossining hissasi beqiyos. Turnir davomida oltita gol urgan Rossi mundial to‘purari bo‘lgandi.
1982-yilgi jahon chempionatida Italiya terma jamoasi tarkibida afsonaviy Diyego Maradona bo‘lgan Argentina terma jamoasi bilan ham to‘qnashgan.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter