Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol. Bugun O‘zbekiston olimpiya jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushadi

Futbol. Bugun O‘zbekiston olimpiya jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushadi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya jamoasi Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatida ikkinchi tur uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu turda vakillarimiz xitoylik tengqurlariga qarshi maydonga chiqishadi.

E’tiborlisi, terma jamoamiz ishtirokidagi mazkur uchrashuvni ham qatarlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Songxla shahridagi so‘nggi o‘yinimizga Abdulrahmon Al-Jassim bosh hakam qilib belgilangan.

U-23 Osiyo chempionati. Tailand.
«S» guruhi, 2-tur. 12 yanvar

Bosh hakam: Abdulrahmon Al-Jassim (Qatar)

Xitoy – O‘zbekiston

Eslatib o‘tamiz, dastlabki turda Lyubinko Drulovich shogirdlari Eron terma jamoasiga qarshi 1:1 hisobida durang natija qayd etishgan edi. Xitoyliklar esa Janubiy Koreyaga 0:1 hisobida imkoniyatni berishgan. Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladigan mazkur bahsda vakillarimizga chiroyli g‘alaba yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Manba: olympic.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring