Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbolchi Xose Antonio Reyes avtohalokat tufayli vafot etdi

Futbolchi Xose Antonio Reyes avtohalokat tufayli vafot etdi

Foto:«Football.ua»

Ispaniya milliy terma jamoasi, «Arsenal», «Real», «Sevilya»ning hujumkor yarim himoyachisi sifatida o‘ynagan Xose Antonio Reyes avtohalokat oqibatida vafot etdi. Bu haqda «Sevilya» jamoasi tarqatgan ma’lumotga asoslanib «Sports.ru» xabar berdi. 

Futbolchi 35 yoshni qarshilagan edi. 

Reyes 10 yasharligida «Sevilya»ga kelgan, 16 yoshida jamoa safida debyut qilgan. 2004-yilda «Arsenal» safiga qo‘shilgan, o‘sha mavsum jamoa Angliyada chempion bo‘lib bilan birga, mag‘lubiyatsiz yurish ham qilgan edi. 

Ispaniya termasi safida 21 o‘yinda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring