Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Shavkat Mirziyoyev: Futbolga xorijdan murabbiy olib kelamiz

Prezident Shavkat Mirziyoyev: Futbolga xorijdan murabbiy olib kelamiz

Futbolga alohida e’tibor beriladi

Foto: «Xabar.uz»

Xabaringiz bor, ayni paytda Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Prezidentimiz yig‘ilishda, sport, xususan, futbol masalalariga ham alohida to‘xtaldi.

«Biz futbolga endi alohida e’tibor qaratamiz. Chet eldan murabbiy olib kelyapmiz.Futbolga oid qarorni yangi yilgacha, uzog‘i bilan 10 yanvargacha chiqaramiz.

Futbolni yanada rivojlantirish uchun barcha harakatni amalga oshiramiz. Butun dunyoda futbol siyosatlashib ketdi, biz esa siyosatsiz futbolni targ‘ib qilyapmiz», — dedi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring