Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘alati paradoks: nega 50 foiz 15 foizdan yaxshiroq yoki kichik shaharlarda koronavirus qanday tarqashi haqida

G‘alati paradoks: nega 50 foiz 15 foizdan yaxshiroq yoki kichik shaharlarda koronavirus qanday tarqashi haqida

Foto: «Imago-images.de»

Koronavirus kirib bormagan mamlakat qolmadi hisob. Germaniya ham istisno emas (pandemiya eng avjiga chiqqan besh davlatning biri), Niderlandiya bilan chegarada joylashgan nemis shaharchasi — Gangeltda esa koronavirusni yuqtirganlar soni shiddat bilan o‘sib boryapti.

Masofa saqlanmasa, uyda o‘tirilmasa, gigiyenaga rioya etilmasa nima bo‘ladi? Xullas, koronavirus sharoitida aynan nima qilmaslik kerakligiga shu shaharchaning achchiq tajribasi yaxshi misol bo‘ladi, deyishmoqda olimlar.

Nega aynan Gangelt virusologlar e’tiborida? Gap shundaki, koronavirus Germaniyada endi-endi tarqay boshlagan paytida, buni ko‘rib-bilib turib, gangeltliklar fevral karnavalini o‘tkazishgan, shaharchaga juda ko‘p sayyohlar kelgandi.

Karnaval tugab, hamma uy-uyiga tarqagach, mahalliy aholi yoppasiga koronavirus bilan kasallana boshladi. Kamiga sayyohlar ham o‘z shaharlariga virusni olib ketishdi. Atigi 10 ming kishi yashovchi Gangelt uchun aholining 15 foizi kasallikka yo‘liqishi fojiadan boshqa narsamas — mahalliy kasalxona kichkina, shifokorlar kam, dori-darmon esa hammaga yetmaydi.

Virusologlar Xitoy shaharlari misolida kompyuter modelini yasashdi. Dastur Gangeltda epidemiya ortga qaytishi uchun aholining kamida 50 foiziga virus yuqishi kerakligini ko‘rsatdi... Bu yaqin oylarda epidemiya pasayishini kutishdan foyda yo‘q degani.

Shu hafta mutaxassislar 1000 nafar gangeltlikdan COVID-19 bo‘yicha test olishdi va har yettinchi insonda virusga qarshi immunitet borligini aniqlashdi. Yangi turdagi koronavirusga immuniteti bor insonlarning ayrimlarida kasallikning hech qanday alomatlari sezilmagan.

Paradoks shundaki, nemis shaharchasi aholisining 15 foizi koronavirus bilan og‘rigani yaxshilikka emas. Epidemiya bosilishi uchun shaharchaning 50-75 foiz aholisiga virus yuqishi shart. Shunday ekan Gangeltda epidemiya chekinishi uchun hali erta, deb xulosa chiqarishdi olimlar.

Koronavirusning inkubatsion davri birmuncha davomli ekani bois, ko‘plab mamlakatlar va shaharlarda epidemiya chekinishini hali bir necha oy kutishimizga to‘g‘ri keladi — olimlarning xulosasi shu.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring