Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

"Gaplashishning qizig‘i qolmadi": Tramp Putin haqida keskin gapirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashish yoki uchrashmasligini bilmasligini va hozircha u bilan aloqalarga unchalik qiziqmasligini aytdi

"Bilmayman. U bilan gaplashishga endi unchalik qiziqmayman", - dedi Tramp Putin bilan shaxsiy uchrashuv Ukraina mojarosini hal qilishga yordam berishi mumkinmi va u bunday imkoniyatni ko‘rib chiqyaptimi, degan savolga javob berarkan. Shu bilan birga, Amerika yetakchisi “ko‘ramiz, keyin nima bo‘lishini kutamiz” ta’kidladi. 

Avvalroq Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida kelishuvga erishish uchun yangi muddat avval rejalashtirilgan 50 kundan o‘rniga 10-12 kundan oshmasligini aytgan edi. 

"Men yangi muddat belgilayman: taxminan 10 yoki 12 kun, bugundan boshlab. Kutishga hech qanday sabab yo‘q ", dedi u Shotlandiyada Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashuv avvalida. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring