Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyatlar geosiyosiy manfaatlar tufayli yuzaga kelgan — Putin

G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyatlar geosiyosiy manfaatlar tufayli yuzaga kelgan — Putin

Foto: Sputnik

Vladimir Putin G‘arb va Moskva o‘rtasidagi ziddiyatlarning kelib chiqishi haqida gapirdi.

Rossiya prezident Vladimir Putin G‘arb va Moskva o‘rtasidagi ziddiyatlarning kelib chiqishi haqida gapirdi. Intervyudan parcha "Rossiya 1" jurnalisti Pavel Zarubin Telegram -kanalida e’lon qildi.

Rossiya yetakchisining aytishicha, kelishmovchiliklarning kelib chiqishida mafkura ahamiyatga ega bo‘lgan, ammo ularning asosida geosiyosiy omillar yotgan.

SSSR parchalanganidan keyin G‘arb davlatlari Rossiyaning strategik manfaatlariga befarq munosabatda bo‘lishdi: "Nafaqat beparvo munosabat, balki bularning barchasi qandaydir geosiyosiy ustunliklarga erishish istagi bilan bog‘liq edi”.

"G‘arb davlatlari "o‘zlari o‘ylab topgan qoidalar bo‘yicha yashashga" umid qilishgan: "G‘arbda shunday qarorga kelishdi: Sovet Ittifoqi yo‘q, biz Sovet Ittifoqi kabi potensial kuchga ega bo‘lmagan Rossiyaga nisbatan qoidalarga rioya qilishimiz kerakmi, xo‘sh, hozir biz o‘zimiz uchun biror narsani o‘zimiz xohlagandek yasaymiz va o‘zimiz uchun o‘ylab topgan qoidalar bo‘yicha yashaymiz", — dedi Putin.

Putin Peterburgda ishlayotgan vaqtida AQSh vakillaridan biri rossiyalik chegarachiga qo‘pol munosabatda bo‘lganidan keyin AQSh delegatsiyasi bilan muloqot qilmagan epizodni esladi.

Uning ta’kidlashicha, u sodir bo‘lgan voqeani mutlaqo nomaqbul deb hisoblagan, chunki pogon kiygan odam xizmat vazifasini bajarayotganda Rossiyani ifodalaydi: "Unga bunday munosabatda bo‘lish - davlatimizga mensimay qarash demakdir”.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring