Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Garri Potter” serialining suratga olish ishlari boshlandi

“Garri Potter” serialining suratga olish ishlari boshlandi

Foto: Sputnik Belarus

Amerikaning HBO telekompaniyasi Buyuk Britaniyada Garri Potter franshizasi asosidagi yangi serialni suratga olishni rasman boshladi. Bu haqda Amerikaning Warner Bros Discovery mediakonglomerati matbuot xizmati xabar berdi.

Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, bo‘lim boshliqlari, ijrochi prodyuserlar, aktyorlar va ssenariy mualliflari tayinlangan.

Avvalroq HBO Garri Potter olamiga asoslangan serialda bosh rollarni ijro etadigan aktyorlarni rasman e’lon qilgan edi. Dominik Maklaflin Garri Potter rolida, Arabella Stenton Germiona Grenjer rolida, Alaster Staut - Ron Uizli, Loks Pratt esa Drako Malfoy rolini ijro etadi.

Serial 2027-yilda namoyish etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring