Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azo shimolida qonli janglar qayta boshlandi, Jabaliyada o‘nlab jasadlar topildi

G‘azo shimolida qonli janglar qayta boshlandi, Jabaliyada o‘nlab jasadlar topildi

G‘azo sektori shimolida janglar qayta boshlandi. Isroil askarlari bu yerda HAMAS kuchlari qayta tashkil etilganini iddao qilib, hududlariga qaytgan.

Qochgan aholining aytishicha, ular Jabaliya qochqinlar lageri tomon kelayotgan tanklarni ko‘rgan. Isroil askarlari shanba kunidan beri Jabaliyani o‘qqa tutib, bombardimon qilmoqda.

Hamasning harbiy qanoti ham lager sharqida Isroil kuchlariga qarshi kurashayotganini aytdi.

HAMASga aloqador Safa axborot agentligi Jabaliya lageri sharqida Falastin qurolli guruhlari va Isroil tanklari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lganini xabar qildi. Janglar tinch aholi tomonidan boshpana sifatida foydalanilgan BMTga qarashli bir qancha maktablar yaqinida bo‘lib o‘tgan.

Dushanba kuni Isroilning qochqinlar lageridagi uylarga bergan zarbalari natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi Jabaliya shahridagi hujumda halok bo‘ldi, deya xabar beradi Falastinning rasmiy «Vafa» axborot agentligi.

Agentlik tez yordam guruhiga asoslanib, Jabaliya shahrida 20 nafar tinch aholining jasadi topilgani va ular Bayt-Laxiyadagi Kamol Advan kasalxonasiga yetkazilganini xabar qildi.

Isroil mudofaa kuchlari bu xabarlarga hozircha izoh bermagan.

Avvalroq amerikalik siyosatchi G‘azoga atom bombasi tashlashni taklif qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring