Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya og‘ir ahvolda, Turkiyada yangi taqiq, qurbonlar soni 100 mingdan oshdi... Jahondagi vaziyat

Germaniya og‘ir ahvolda, Turkiyada yangi taqiq, qurbonlar soni 100 mingdan oshdi... Jahondagi vaziyat

Germaniyada ko‘plab shifoxonalarda koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun zarur dori-darmonlar yetishmayapti.

Birinchidan, o‘pkani shamollatish uchun ishlatiladigan apparatlar yetishmasligi kuzatilmoqda.

Hozirga qadar Germaniyada tasdiqlangan infeksiya holatlari soni 113,5 mingdan ortiq, 2373 kishi vafot etgan.


Turkiya hukumati kelayotgan shanba va yakshanba kunlari koronavirus pandemiyasi sabab 31 viloyat aholisini, shu jumladan, Anqara va Istanbulda yashovchilarni uylaridan chiqishni taqiqladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

«11-aprel soat 00.00 dan boshlab ikki kun davomida 31 viloyat (shu jumladan Anqara va Istanbul shaharlari) aholisiga uydan chiqish taqiqlanadi. Tafsilotlari keyinroq mahalliy hokimiyat tomonidan e’lon qilinadi», — dedi Turkiya IIV bayonotida.


«Teodor Ruzvelt» samolyot tashuvchisida koronavirus bilan kasallangan soni ikki baravarga oshdi.

Ulkan kema ekipaji a’zolari orasida uch kun ichida koronavirus bilan kasallangan dengizchilar soni ikki baravar ko‘paydi. Koronavirusga topshirilgan test 447 kishida musbat chiqqan. 7-aprel kuni 230 kishi virusga duchor bo‘lgani xabar qilingandi.


Italiya rasmiylari koronavirus uchun karantinni uzaytirishga qaror qilishdi. Shunday qilib ushbu mamlakatdagi karantin rejimi 3 maygacha uzaytirildi.


Boris Jonsonga murojaat qilgan shifokor koronavirusdan vafot etdi. Londonning Xomerton kasalxonasi xodimi, urolog Abdu Mabud Choudxuriy koronavirusdan vafot etdi. U uch hafta avval Britaniya hukumati rahbari Boris Jonsonni koronavirusga qarshi kurashda qatnashayotgan shifokorlar xavfsizligi uchun e’tibor qaratishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirgan edi.


Dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qurbonlari soni 100 mingdan oshdi. Jons Hopkins universitetining monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, global epidemiyadan 100.376 kishi vafot etgan.

Eng ko‘p qurbonlar Italiyada — 18 849 kishi vafot etgan. Ispaniyada 15 970 kishi, Fransiyada 12 210 kishi qurbon bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring