Germaniyada koronavirusdan bemorlarning 75 foizi tuzaldi

Germaniyada koronavirusga chalingan 163 mingdan ortiq insonning 123,5 ming nafari, ya’ni to‘rtdan uch qismi butunlay sog‘ayib ketdi. «Worldometer» ma’lumotlari shundan dalolat beradi.
Kecha koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 1470 ta yangi holat aniqlangan, 156 nafar bemor vafot etgan.
Pandemiya paytida 6623 nafar bemor olamdan o‘tgan bo‘lsa-da, Germaniyada koronavirusdan o‘lim holatlari nisbatan ancha past. Solishtirish uchun: koronavirus qurbonlari soni Italiyada salkam 28 ming, Buyuk Britaniyada 26,7 ming, Ispaniya va Fransiyada 24 ming nafardan oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter