Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada «tungi hokim» lavozimi paydo bo‘ldi

Germaniyada «tungi hokim» lavozimi paydo bo‘ldi

Foto: «Liga.net»

Germaniyaning Manheym shahrida «tungi mer» lavozimi joriy etildi. U qiladigan ishlar shaharning tungi hayotini boshqarishdan iborat: tozalik, ko‘chalar va klublarda tartib saqlanishini nazorat qiladi. Bu haqda «Liga.net» xabar bergan.

«Kechasi uxlamaydigan hokim» bo‘lishga o‘n nafar nomzod da’vogar.

«Mannheimer Morgen» gazetasining yozishicha, bu lavozimda ishlagan odam nafaqat tungi biznesni rivojlantirishi, balki har xil nizolar, masalan, bemahaldagi shovqin tufayli qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida kelib chiqqan janjallarni ham bartaraf etishi lozim bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, bunday tajriba London, Amsterdam va Syurix shaharlarida ham bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring