Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gerta» klubi «videochi-futbolchi»ni mashg‘ulotlardan chetlatdi

«Gerta» klubi «videochi-futbolchi»ni mashg‘ulotlardan chetlatdi

Foto: «FK Chelsi»

Berlinning «Gerta» klubi Salomon Kaluni mashg‘ulotlardan chetlatdi — u futbolchilar qo‘l berib ko‘rishgan videoni internetga joylab yuborgan. Bu haqda klub sayti xabar berdi.

Kot-d’ivuarlik futbolchi ijtimoiy tarmoqqa joylagan videoda kiyinish xonasida jamoa a’zolari o‘rtada masofani saqlamasdan, qo‘l berib ko‘rishayotgani tasvirlangan.

«Kalu o‘z videosi bilan «Gerta»ga ziyon yetkazishdan tashqari, chempionatni tiklash masalasi ko‘rilayotgan bir pallada o‘yinchilar koronavirus bilan bog‘liq masalaga jiddiy qaramayapti, degan tasavvur uyg‘otishi mumkin», — deyiladi klub xabarida.

Salomon Kalu klubdan kechirim so‘rab, jamoadagi barcha futbolchilarning koronavirusga testi manfiy chiqqanidan xursandligi bois shu ishga qo‘l urganini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring