Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

GM kompaniyasi Spark ishlab chiqarishni to‘xtatadi

GM kompaniyasi Spark ishlab chiqarishni to‘xtatadi

2022 yilda General Motors kompaniyasi Spark xetchbekini ishlab chiqarishni to‘xtatib, uni dunyo bozoridan olib tashlaydi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Ularning aytishicha, Spark hozirgi davr uchun urfdan qolgan va 2021 yilda bu mashinaning dunyo bozoridagi sotilishi tushib ketgan. Uning o‘rniga kompaniya Trax krossoverini sotuvga chiqarmoqchi.

Spark mashinasi O‘zbekiston va Rossiya bozorlarida ancha bozorbop mashina hisoblanadi. Ko‘pchilik uni arzon va ixcham bo‘lgani uchun sotib oladi. Albatta, Amerika va O‘zbekiston Spark mashinalari orasida ancha farq borligini aytib ketish kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring