Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

GM o‘z raqiblaridan oldinga «sakragan» holda rul va pedallarsiz elektromobilni taqdim etdi

GM o‘z raqiblaridan oldinga «sakragan» holda rul va pedallarsiz elektromobilni taqdim etdi

Foto: «ITC.ua»

«General Motors» kompaniyasi joriy yilda rul hamda pedallari yo‘q bo‘lgan o‘zi boshqariluvchi elektromobilni chiqarish niyatida. Ya’ni GM an’anaviy boshqaruv tizimi bo‘lmagan elektromobillarni seriyali ravishda ishlab chiqarmoqchi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Ushbu yangi model «Cruise AV» deb nomlanadi va hozirda bu turdagi bir nechta avtomobillar San-Fransisko va Feniksdagi yo‘llarda sinovdan o‘tkazilmoqda. 

«General Motors» qisqa vaqt ichida mutlaq avtonom boshqariladigan avtomobillarni ishlab chiqarish orqali o‘zining asosiy raqiblaridan oldinga «sakrab» ketmoqda. «Ford» kompaniyasi (yaqinda o‘zi boshqariladigan avtomobili avariyaga uchragan) rul va pedallarsiz avtomobilni 2021-yilga kelib chiqarishni rejalashtirayotgan edi, «Alphabet» kompaniyasining haydovchisiz boshqariladigan «Waymo» avtomobili esa yaqinda AQShda taksi xizmati sifatida yo‘lga qo‘yiladi, biroq uning ham rul va pedallari bor.

Bu kabi avtomobillar mavjud standartlarga javob bermaganligi sabab GM AQSh yo‘l harakati xavfsizligi milliy agentligiga ariza topshirib qo‘ygan. Kompaniya 2500ga yaqin avtomobilni Amerikaning yettita shtatida sinab ko‘rishni rejalashtirgan. 

Kompaniya mutaxassislarining fikricha, avtomobillarni shahar tashqaridan ko‘ra, uning ichida sinab ko‘rish muhim ahamiyatga ega. Chunki San-Fransiskoda harakatlangan avtomobil Feniksdagiga qaraganda o‘rtacha 32 baravar ko‘proq yo‘lda harakatlanish ssenariylarini ko‘radi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring