Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» mashina xaridini osonlashtiruvchi yangi xizmatni ishga tushirdi

«GM Uzbekistan» mashina xaridini osonlashtiruvchi yangi xizmatni  ishga tushirdi

Foto: «GM Uzbekistan»

«GM Uzbekistan» AJ 2018-yilning dekabrida O‘zbekistondagi ilk multibrend avtosalonini ishga tushirgani haqida ma’lumot berilgan edi.

Kompaniyaning Nurafshon shahrida joylashgan «Nurafshon Avtocentr» avtosaloni xaridorlarga avtomobil xaridi jarayonida qulaylik yaratish maqsadida «Kupicar.uz» yangi savdo platformasini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«Kupicar.uz» orqali xaridor o‘zi istagan avtomobilning pozitsiya va rangini tanlaydi va saytda buyurtma qoldiradi. Mazkur buyurtma asosida avtosalon vakili xaridor bilan bog‘lanib, avtomobil bo‘yicha shartnomani xaridor ko‘rsatgan manzilga yetkazib berilishini ta’minlaydi. To‘lov amalga oshirilgach, avtomobil xaridorning buyurtmasi asosida shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda ishlab chiqariladi hamda avtosalonga yetkaziladi.

Dastlabki bosqichda «Kupicar.uz» bilan faqat Toshkent shahri aholisi avtomobil xarid qilishi mumkin, keyinchalik esa mazkur xizmat Respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Platforma yordamida avtomobil buyurtma qilish hamda konsultantlarning xaridorlar bilan bog‘lanishi har kuni soat 09:00 dan 21:00 gacha dam olish kunlarisiz amalga oshirilishi belgilangan.

Bundan tashqari mazkur platforma orqali xaridor o‘zi xarid qilish istagida bo‘lgan avtomobilni test-drayvdan o‘tkazish imkoniga ham ega bo‘ladi, bu esa xaridorga bo‘lg‘usi avtomobili haqida yanada ko‘proq taasurot olish imkonini beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring