Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kampirning javonida chang bosib yotgan eski guldon 10 million dollarga baholandi

Kampirning javonida chang bosib yotgan eski guldon 10 million dollarga baholandi

Foto: «dailymail.co.uk»

Niderlandiyalik mutaxassis qishloqda yashaydigan kampirning javonida XVIII asrda Xitoyda yasalgan chinni guldon borligini aniqladi. Bu haqda «Daily Mail» nashri xabar berdi.

Markaziy Yevropaning olis qishloqlaridan birida yashaydigan kampir 60 yildan beri javonida chang bosib yotgan eski guldonni baholash uchun san’at bo‘yicha maslahatchi Yoxan Bosh van Rozentalni uyiga taklif qildi. Mutaxassis bu guldon Xitoyning sin sulolasi imperatoriga tegishli bo‘lganligini, keyinchalik Sharq kulolchilik buyumlari kolleksioneri Garri Gardnerda saqlanganligini darrov tushundi. Faqat hammayoqda mushuklar yugurib yurgan qishloq uyida bu darajada yaxshi saqlanganidan, to‘g‘risi, hayron qoldi.

Van Rozental «Sotheby’s» kimoshdi savdosi uyining Osiyodagi vakili Nikolas Chou bilan bog‘landi. U topilmaga shu darajada qiziqib qolganidan guldonni ko‘rish uchun shaxsan o‘zi Yevropaga uchib keldi. Ekspert guldonni ko‘zdan kechirgach, uning haqiqiyligiga ishonch hosil qildi va uni 9-11,6 million dollar baholadi.

San’at bo‘yicha maslahatchi guldon 1742-yilda yasalganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. U shaharda saqlangan: faqat imperator va saroy ahligina uning go‘zalligidan bahramand bo‘lishgan. Keyinchalik guldon bir necha marta auksionlarda sotuvga qo‘yilgan. Yaqin vaqtlargacha yo‘qolgan deb hisoblanardi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring