Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: G‘ofurjon Mirzayev Bosh vazir o‘rinbosari — Mahallalar uyushmasi raisi etib tayinlandi

Rasman: G‘ofurjon Mirzayev Bosh vazir o‘rinbosari — Mahallalar uyushmasi raisi etib tayinlandi

Unga ko‘ra, G‘ofurjon Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimida ish boshlaydi.

Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, bundan avval G‘ofurjon Mirzayevning mazkur lavozimga nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Yangi lavozimda G‘ofurjon Mirzayevga mahalla tizimi faoliyatini samarali tashkil etish, aholi bilan ishlash sifatini oshirish hamda mahallalardagi ijtimoiy masalalarni hal etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish vazifalari yuklanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring