Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Golden Boy mukofotiga asosiy nomzodlar ma’lum bo‘ldi

Golden Boy mukofotiga asosiy nomzodlar ma’lum bo‘ldi

Lamin Yamal.

Foto: RPCTV

Ispaniya terma jamoasi hamda «Barselona» yarimhimoyachisi Lamin Yamal Tuttosport nashri tomonidan Yevropada eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan Golden Boy mukofotiga nomzodlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda ko‘rsatildi.

Undan tashqari top-5ga «PSJ»dan Joau Nevesh va Uorren-Zair Emeri, «Manchester Yunayted»dan Alexandro Garnacho hamda «Barselona»dan Pau Kubarsi kiritildi. «Real Madrid»ning yangi yulduzi Endrik ro‘yxatda 23-qatordan joy oldi.

2023-yilda «Real» tarixida birinchi marta Jud Bellingem «Oltin bola»ga aylanib, Jamal Musiala («Bavariya»), Florian Virs («Bayer») va Rasmus Xeylund («Manchester Yunayted») kabi raqiblarini ortda qoldirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring