Go‘sht va go‘sht mahsulotlarida yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi kerakmi?

«Oziq-ovqat mahsulotlarida ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi shartligi haqida eshitganman. Lekin ayrim holatlarda go‘sht yoki go‘sht mahsulotlarida bunday ma’lumotlarni topolmayman. Sotuvchidan so‘rasangiz, «Bugun kelgan, olavering surishtirmay», deydi. Shu to‘g‘rimi?»
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasiga asosan, ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) o‘zi realizatsiya qilayotgan mahsulot (ish, xizmat)lar haqida iste’molchiga o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart.
Ishlab chiqarilgan sanasi hamda yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan oziq-ovqatlarni realizatsiya qilish qat’iyan man etiladi. Bunga yo‘l qo‘ygan sotuvchi esa javobgar hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter