Graf Monte-Kristoga qismatdosh Pavel Durov (foto)
Telegram asoschisi, milliarder Pavel Durovning 24 avgust kuni Parijda hibsga olinishi, tergov-mahkama jarayonlarini dunyo ahli qiziqish bilan kuzatyapti.
Avval xabar berganimizdek, Durov 28 avgust kuni sud qarori bilan garov evaziga hibsdan bo‘shatildi. Buning uchun u 5 million yevro to‘ladi. P.Durov haftasiga ikki marta politsiya idorasida hozir bo‘lishi lozim. Shuningdek, uning Fransiya hududidan chiqishi taqiqlandi.
Telegram asoschisi ustidan tergov va sud jarayoni bir necha yil davom etishi mumkinligi aytilmoqda.
Jahon matbuotida ushbu hodisa munosabati bilan hajviy suratlar – karikaturalar ham chop etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter