«Grin-karta» lotereyasi uchun yangi tartib: endi ariza topshirish 1 dollar turadi
2025 yil oktyabridan boshlab «Grin-karta» (Diversity Visa – DV) lotereyasida ishtirok etish endi bepul bo‘lmaydi. AQSh Davlat departamenti qabul qilgan yangi qoidaga ko‘ra, DV–2027 lotereyasidan boshlab ishtirokchilar ariza topshirishda 1 dollar miqdorida to‘lov amalga oshirishlari kerak bo‘ladi.
Bugungacha «Grin-karta» lotereyasida qatnashish uchun hech qanday haq talab etilmasdi. Arizachilar rasmiy veb-sayt orqali anketa to‘ldirib, surat yuklab, natijalarni kutishardi. Faqat g‘oliblargina keyinchalik viza olish jarayonida 330 dollarlik konsullik to‘lovini to‘lashar edi.
AQSh hukumati ma’lumot berishicha, ariza uchun belgilangan 1 dollarlik to‘lov:
- millionlab arizalarni qabul qilish va qayta ishlash xarajatlarini qoplash,
- IT tizimlarni yangilab turish va xavfsizlikni ta’minlash,
- firibgarlik holatlarini qisqartirish,
- lotereya tizimini barqaror va adolatli qilish maqsadida joriy etilgan.
Avvallari ba’zi shaxslar yoki tashkilotlar yuzlab yolg‘on yoki takroriy anketalar topshirib, tizimni suiiste’mol qilgan holatlar kuzatilgan. Yangi to‘lov aynan shunday holatlarning oldini olishga qaratilgan.
Bu qoida 2025 yil oktyabridan kuchga kiradi. Demak, DV–2026 lotereyasi (2024 yilda qabul qilingan arizalar) hali ham bepul bo‘ladi. Ammo DV–2027 uchun ariza topshiruvchilardan 1 dollarlik to‘lov talab etiladi.
Ariza topshirish jarayonida to‘lov onlayn tarzda, rasmiy veb-sayt orqali amalga oshiriladi. To‘lov muvaffaqiyatli bajarilmasa, ariza qabul qilinmaydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter