Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guliston musiqali drama teatrida yong‘in chiqdi

Guliston musiqali drama teatrida yong‘in chiqdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Guliston musiqali drama teatrida yong‘in sodir bo‘lgani haqida FVV xabar berdi.

Kecha, 5-avgust kuni soat 18:06 da Guliston shahrining «Shodlik» MFY, O‘zbekiston shohko‘chasida joylashgan obyektlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Yong‘inni o‘chirish uchun 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jo‘natilgan, ular voqea joyiga 18:09 da yetib borishgan va soat 18:12 da yong‘in qurshab olingan. Yong‘in boshlanganidan so‘ng qariyb bir soat o‘tgach, soat 19:00 da bartaraf etildi, deyiladi xabarda.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida murojaatlar tushmagan. Hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring