Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistonda MChJ bo‘lim mutaxassisi qo‘lga tushdi

Gulistonda MChJ bo‘lim mutaxassisi qo‘lga tushdi

Guliston shahrida tadbirkorning suv ta’minotidan 17 mln so‘m qarzdorligini bartaraf qilib berishni va’da qilgan mutaxassis ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahri bo‘limi xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining  huquqlarini himoya qilish  yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.I.T.” MChJ bo‘lim mutaxassisi E.V. YaTT A.R.ning ishlab chiqarish sexida suv ta’minotidan 17 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib, yangi hisoblagich o‘rnatib berishi evaziga MChJ xodimi Q.J. orqali 4,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring