Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulistonda uch nafar bola karaxt holda topildi

Gulistonda uch nafar bola karaxt holda topildi

Joriy yilning 29 oktyabr kuni Guliston shahar «Bo‘ston» mahallasi 61-uyda istiqomat qiluvchi A.O. tomonidan Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi navbatchilik qismiga o‘zi istiqomat qiluvchi xonadon eshigi qulfligi, eshikni taqillatishiga qaramasdan uch nafar farzandi javob bermayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushadi.

Murojaatga ko‘ra Maxsus tezkor xarakatlanuvchi guruh tomonidan ko‘p qavatli uylar binosiga zudlik bilan yetib borilgan. Harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘p qavatli uyning deraza qismidan kirish orqali xonadonda is gazi aniqlanib, zaxarlanish oqibatida karaxt holda bo‘lgan uch nafar bolalarga birinchi tez yordam ko‘rsatiladi.

Xavf bartaraf etilgan holda bolakaylar onasi bag‘riga sog‘-salomat topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring