Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulnora Karimovadan qaytarilgan pullar qishloq maktablariga yo‘naltiriladi

Gulnora Karimovadan qaytarilgan pullar qishloq maktablariga yo‘naltiriladi

Gulnora Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan mablag‘larini boshqarayotgan "Ishonch" jamg‘armasi kamida 45 ta qishloq maktabini yangilash uchun $20 mln sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Ushbu maktablar suv ta’minoti, zamonaviy hojatxonalar va yashil energiya manbalari bilan jihozlanadi.

1-oktyabrdan boshlanadigan mazkur loyiha 31,5 mingdan ortiq o‘quvchining ta’lim olish sharoitlarini yaxshilaydi.

Qayd etilishicha, loyihada O‘zbekiston bo‘yicha kamida 45 ta qishloq maktabini ta’mirlash, maktablarda energiya sarfini 30 foizga va dimlangan gazlar chiqindilarini 50 foizga kamaytirish uchun xavfsiz suv, zamonaviy sanitariya, ishonchli isitish tizimlari va ekologik toza energiya bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Loyiha 31 500 nafar bola, ayniqsa, o‘smir qizlar uchun kundalik ta’lim sharoitlarini bevosita yaxshilaydi. Ular gender jihatlarni hisobga olgan holda alohida qulayliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa darslarni qoldirish holatlarini kamaytiradi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring