Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gutterish: BMT Xavfsizlik Kengashi islohotga muhtoj

Gutterish: BMT Xavfsizlik Kengashi islohotga muhtoj

© JEWEL SAMAD / AFP

Bosh kotib BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibi bugun zamon talablariga mos kelmasligini ta’kidladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterresh Xavfsizlik Kengashini isloh qilish haqida fikr bildirdi. Uning fikricha, hozirgi tarkib zamon talabiga mos emas.

Guterreshning aytishicha, Xavfsizlik Kengashini isloh qilish to‘liq oqlangan zaruratdir. Xavfsizlik Kengashining tarkibi zamonaviy dunyoga mos kelmaydi. U 1945 yilgi dunyoga mos keladi va bu nafaqat qonuniylik, balki samaradorlik muammosini ham keltirib chiqaradi.

U, shuningdek, Fransiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar tomonidan vetoga cheklov qo‘yilishi takliflariga rozilik kayfiyati bilan qarashini bildirgan.

“Hozirda jiddiy faoliyat yuritayotgan qo‘mita mavjud bo‘lib, bir nechta mamlakatlar, jumladan doimiy beshlik a’zolaridan ba’zilari ham Afrikaning doimiy a’zolik huquqiga ega bo‘lishi kerakligini tan olishdi”, – dedi Gutterish.

Biroq bosh kotib bu qaror tashkilotga a’zo mamlakatlarning roziligi bilan qabul qilinishini ham qayd etgan.


Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring