Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gvardiola dunyodagi eng yaxshi jamoa qaysiligini aytdi

Gvardiola dunyodagi eng yaxshi jamoa qaysiligini aytdi

Foto: EPA

Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola dunyoning eng yaxshi jamoasi qaysiligini aytdi.

«Ayni paytda «Manchester Siti» dunyodagi eng yaxshi jamoa ekaniga ishonamanmi? Yo‘q, chunki bunday emas. Dunyoning eng yaxshi jamoasi — «Chelsi». Londonliklar Chempionlar ligasini yutishdi», — dedi Gvardiola «Metro» bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, YChLning so‘nggi finalida aynan «Chelsi» «ManSiti» ustidan g‘alaba qozongandi.

Hozir «Siti» Angliya premer-ligasida peshqadamga aylangan, uchinchi o‘rindagi «Chelsi»dan 13 ochko ko‘p to‘plagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring