Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib Nurmagamedov futbolga o‘tmoqda: uning yangi klubi ham ma’lum

Habib Nurmagamedov futbolga o‘tmoqda: uning yangi klubi ham ma’lum

Foto:«Sport-Ekspress»

3-iyun kuni UFC sobiq chempioni Habib Nurmagamedov «Legion-Dinamo» futbol jamoasi bilan shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi.

Bu bo‘yicha «Sports.ru» nashri manbalariga asoslanib xabar berdi.

Klub prezidenti, «Anji» va «Terek» jamoalarining sobiq hujumchisi Shamil Laxiyalov Xabibga taklif bilan chiqqanini tan olgan.

«Men uning jonli o‘ynaganini ko‘rmadim, lekin men so‘nggi videolarida qanday qilib gol urganini ko‘rdim... U bizga yordam berishi mumkin. Men Habibni allaqachon jamoamizning zo‘r hujumchisi sifatida ko‘rmoqdaman», — deya qo‘shimcha qildi Laxiyalov.

«Legion-Dinamo» jamoasi 2016-yilda tashkil etilgan. Klub PFLning ikkinchi ligasida o‘ynaydi.

Avvalroq, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Nurmagomedovga taklif bilan chiqqanligi haqda xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring