Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hafta o‘rtasida O‘zbekistonga nam va sovuq havo kirib kelishi boshlanadi

Hafta o‘rtasida O‘zbekistonga nam va sovuq havo kirib kelishi boshlanadi

Bugun O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududidan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 9-12 daraja iliqqacha isiydi.

23-24 yanvar kunlari ham iliq havo kirib kelishi davom etadi, respublika hududining katta qismida quyoshli va ochiq havo kuzatiladi.

24-yanvarda esa respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida 23-24 yanvar kunlari harorat kechalari 2-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 12-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi, shimoliy hududlarda esa 24 yanvarda kunduzgi harorat 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi.

25-yanvarda nam va sovuq havo massalari mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kunduzi 4-9 daraja iliqqacha pasayadi, shimoliy hududlarda kechasi 6-11 daraja sovuqni tashkil etadi, kunduzi 2-7 daraja sovuqdan oshmaydi.

26-yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli saqlanib turadi, shimoli-g‘arbiy hududlarda esa yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, shimolda kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring