Haftaning ilk ish kunida ob-havo qanday bo‘ladi?

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 13 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 28-33 daraja issiq bo‘ladi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida 36-41 daraja issiq bo‘ladi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 38-43 daraja issiq bo‘ladi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 30-35 daraja issiq bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter