Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haker Fransiyaning yadroviy sirlarini o‘g‘irladi

Haker Fransiyaning yadroviy sirlarini o‘g‘irladi

Haker Fransiyaning yadroviy sirlarini o‘g‘irladi. France3 telekanali xabar berishicha, Naval Group mudofaa kemasozlik kompaniyasi ichki ma’lumotlari kiberbuzg‘unchi qo‘liga o‘tgan.

Neferpitou taxallusi bilan niqoblangan haker internetga joylagan 13 gigabaytlik ma’lumotlar orasida mamlakatning yadroviy sirlari ham bor. Xususan, fransuz fregatlari va yadroviy suvosti kemalarida qo‘llaniluvchi jangovar tizimlarning chiquvchi kodlari, qurol-aslahalar dasturiy ta’minoti, simulyasiya muhitlari, tarmoqlar chizmalari, foydalanuvchi qo‘llanmalari bor.

Kiberjinoyatchilik bo‘yicha ekspert Kleman Domigo maxfiy ma’lumotlar ochiq foydalanuvga chiqib ketganini tasdiqladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring