Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hammasi telefon qo‘ng‘irog‘idan boshlangan edi

Hammasi telefon qo‘ng‘irog‘idan boshlangan edi

1963 yilda hali bo‘ydoq bo‘lgan Yevgeniy Morgunovning uyida telefon jiringladi. Aktyor go‘shakni ko‘tardi va tarmoqning narigi tomonidan eshitilgan mayin ovozga quloq tutdi.

Qo‘ng‘iroq qilgan qiz raqamda adashgan va o‘zi o‘qiyotgan universitetda sinov imtihoni qachon bo‘lishini so‘ragan edi. Yaxshigina hazilkash bo‘lgan Yevguniy Morgunov bir shumlikni o‘yladi.

– Ciz telefon raqamingizni qoldiring. Men jadvalni ko‘rib, qo‘ng‘iroq qilaman, – dedi u.

Keyin esa tegishli kun va soatni aytib, qizga qo‘ng‘iroq qildi.

Kafedrada professor yo‘q ekan. Sinov imtihoni borasida ham jimjitlik edi. Jahli chiqqan va hech nimaga tushunmagan talaba qiz uyiga qaytdi. Xuddi shu paytda telefon jiringladi.

– Yevgeniy qo‘ng‘iroq qilib o‘zini tanishtirganida va hazil qilganini aytib kechirim so‘raganida men o‘ylanib qoldim: «Bu odamning qiladigan ishi yo‘qmikan?» deb, – deya eslaydi Natalya Morgunova.

O‘sha paytlarda allaqachon tanilgan aktyor qizga uchrashishni taklif qildi. Avvaliga Natalya rad etdi, keyin esa baribir qiziqishi ustun keldi: «Bu mashhur Morgunov deganlari hayotda qanday odam ekan-a?»

Ular uchrashdilar.

Yevgeniy Morgunov va Natalya o‘rtasida muhabbat paydo bo‘ldi va umrlari oxirigacha davom etdi...

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring