Hammasiga kovid aybdor — Lukashenko
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning fikricha, COVID-19 pandemiyasi jahon iqtisodiyoti, birinchi navbatda Xitoy iqtisodiyotini kuchsizlantirish uchun sun’iy uyushtirilgan.
Dori ishlab chiqaruvchi yangi korxonaga tashrifi chog‘i Lukashenko hozir dunyodagi hamma iqtisodiy muammolar koronavirusga borib taqalishiga e’tibor qaratdi.
Aytishicha, ikki yil avval bu ssenariydan ogohlantirgan ekan. «O‘shanda savol qo‘ygandim: bu pandemiya bo‘yicha sun’iy yaratilgan vaziyatmi yoki tabiiy holatmi? Bugun 90 foiz ko‘pchilik uning sun’iyligini uqtiryapti», — ta’kidladi Lukashenko.
Uning nazarida, davlatlar iqtisodiyotini sindirish maqsadida o‘ylab topilgan pandemiya pul chop etayotganlarning ishi. Bugun jahondagi, xususan, Belarusdagi inflyasiya AQSh va qisman Yevroittifoq tomonidan yaratilgan, deya uqtirdi Lukashenko.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter