O‘zbekistonda Germaniyaga ishga yuboriladigan hamshiralarni qayta tayyorlash kurslari yo‘lga qo‘yiladi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Germaniyaning «Aconnecta» kompaniyasi bosh direktorlari Anastasiya Kol va Aleksey Sverdlov bilan uchrashuvda o‘zbekistonliklarning tashkiliy tarzda Germaniyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati
Bandlik vazirligi, «Aconnecta» kompaniyasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida imzolangan hujjatlarga muvofiq O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga jo‘nab ketish oldidan kasb-hunarga o‘qitish hamda tayyorlash bo‘yicha loyiha ishga tushiriladi.
Loyiha doirasida respublikamizdagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida Germaniya standartlari asosida hamshiralar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusi yilda 400 nafar hamshirani Germaniya klinikalarida ishlash uchun yuborish rejalashtirilmoqda. O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan fuqarolarni Germaniyada munosib ish va yashash sharoiti bilan ta’minlash hamda ularni ijtimoiy-huquqiy himoyalash bo‘yicha ikki tomonlama choralar ko‘riladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter