Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Havo harorati yana 30 darajagacha ko‘tariladi

Havo harorati yana 30 darajagacha ko‘tariladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 12-aprel kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +7 daraja, kunduzi +22 ... +24 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +20 ... +25 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +6 ... +11 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +8 ... +13 daraja, kunduzi +22 ... +27, Termizda kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +15 ... +20 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0 ... +5, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +5 ... +10, kunduzi +22 ... +27 daraja isishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring