Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GAIni duxini sindirmoqchi» bo‘lgan haydovchi 15 sutkaga «kesildi»

«GAIni duxini sindirmoqchi» bo‘lgan haydovchi 15 sutkaga «kesildi»

Foto: YHXBB

Ijtimoiy tarmoqda «GAIni duxini sindirish bo‘yicha master klass» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani haqida xabar berilgandi.

Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma’lum qilishgicha, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar 2-aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudida ko‘rib chiqilgan.

Fuqaro A.S. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring