Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchi va ustaxona ishchisi kuyish jarohatini oldi

Haydovchi va ustaxona ishchisi kuyish jarohatini oldi

Namangan viloyati, Chortoq tumanida yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 2022-yil 2-aprel kuni soat 13:05 larda Namangan viloyati, Chortoq tumani, Namangan MFY, Namangan ko‘chasida joylashgan avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasida to‘xtab turgan «VOLVO» rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan va yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida yuk avtomobili haydovchisi va ustaxona ishchisi kuyish tan jarohatlari olgan. Avtomobilga zarar yetgan.

Ushbu yong‘in yuzasidan Chortoq tumani FVB va IIB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishi sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring