Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hayit namozining o‘qilish vaqtlari ma’lum qilindi (ro‘yxat)

Hayit namozining o‘qilish vaqtlari ma’lum qilindi (ro‘yxat)

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2022-yil Ramazon hayiti (Iydul fitr)ning birinchi kuni 2-may (shavvol oyi 1 kuni) dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgandi.

Shunga ko‘ra 2022-yil 2-may dushanba kuni Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:40 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

Ramazon hayiti namozini viloyatlarda o‘qiladigan vaqtlari:

1. Andijon viloyati 05:30
2. Buxoro viloyati 06:00
3. Jizzax viloyati 05:55
4. Navoiy viloyati 06:00
5. Namangan viloyati 05:30
6. Samarqand viloyati 06:00
7. Sirdaryo viloyati 05:50
8. Surxondaryo viloyati 06:00
9. Toshkent viloyati 05:50
10. Toshkent shahri 05:40
11. Farg‘ona viloyati 05:30
12. Xorazm viloyati 06:10
13. Qashqadaryo viloyati 06:00
14. Qoraqolpog‘iston Respublikasi 06:20

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring