Hindiston AQSh bojiga javob qaytarmoqchi

Hindiston hukumati AQSh prezidenti Donald Trampning 1 avgustdan ushbu mamlakat mahsulotlariga 25 foizlik boj joriy etishiga nisbatan qat’iy javob bermoqchi. Bu haqda India TV o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
«Hindiston iqtisodiyoti Qo‘shma Shtatlarning boj joriy etish qaroriga turib bera oladigan darajada kuchli. Hindiston iqtisodiyoti hajmi — $4 trln va biz o‘z fermerlarimiz, mikro va makro korxonalarimiz manfaatlarini himoya qilishimiz shart», — telekanal manbadan iqtibos keltirdi.
Manbaga ko‘ra, o‘tmishda ham Hindiston iqtisodiy bosimga muvaffaqiyatli qarshi tura olgan, bosim siyosati ish bermaydi.
AQSh boj joriy etishi fonida hind rupiyi kursi Mumbaydagi savdolarda pasayib (1 dollar — 87,79 rupiy), tarixiy minimumga yaqinlashdi (fevralda 1 dollar — 87,95 rupiy).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter