Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston Pokistonga raketa hujumlari uyushtirdi

Hindiston Pokistonga raketa hujumlari uyushtirdi

Pokiston armiyasi ma’lum qilishicha, Hindiston tomonidan uchirilgan beshta ballistik raketa Panjobdagi Amritsar shahri va u yerdagi sikx jamoasiga yo‘naltirilgan. Bu haqda «Anadolu Agency» xabar berdi. 

Shu bilan birga, Islomobod yaqinidagi «Nur Xon» harbiy-hava bazasi, Panjobning Chakval tumanidagi «Murid» aviabazasi hamda «Shorkot» havo bazasi ham nishonga olingan. Pokiston tomoni bu nishonlarni vaqtida zararsizlantirganini ta’kidlamoqda.

Rasmiy Islomobod javob zarbalari bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Ammo Dehli hozircha jim. Hujum yuzasidan Hindiston tomonidan hech qanday rasmiy bayonot berilgani yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring