Hindiston va Bangladeshni sug‘oruvchi daryoda Xitoy ulkan GES qurishni boshladi

Xitoy Tibetdagi Yarlung Sangpo daryosida ulkan GES qurishni boshladi.
Janubiy Osiyoning eng yirik daryolaridan sanalgan Yarlung Sangpo Hindiston va Bangladesh bo‘ylab oqadi, hindcha nomi — Brahmaputra, bengalchasi — Jamuna. Brahmaputra — hindlar uchun muqaddas Gang daryosining chap irmog‘i. Xitoyliklar daryoni jilovlab, GES qurishiga ularning munosabati qanday — hozircha bizga qorong‘u.
GES qurilishi rasman boshlash uchun XXR davlat kengashi bosh vaziri Li Syan tashrif buyurdi. Elektr energiyasini hududning o‘zida va tashqarisida ishlatish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter